Bosh sahifa
Kutubxona
Domlalar
TMI
KIF

Talabalar
Diplom ishlar
Mehmonxona
Rasmlar
Mualliflar
Bu juda qiziq
Chat
FAKULTET RAHBARIYATI
    1993 yil Toshkent Moliya institutini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1999 yilda "Bozor munosabatlariga o'tish davrida makroiqtisodiy boshqarishda soliq tizimini takomillashtirish" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
    2002-2004 yillari "Moliya va kredit" kafedra mudiri vazifasida, 2004 yil avgust oyidan institut kredit-iqtisod fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.
    "Iste'dod" jamg'armasini granti asosida 2002 yil aprel oyida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetida "Iaia?iaio i?ioanneiiaeuiiai ia?aciaaiey" dasturi bo'yicha o'z malakasini oshirgan. 40 dan ortiq ilmiy maqolalar va o'quv-uslubiy materiallar muallifi. Hozirgi kunda u doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

Bozorov Furqat Odilovich
Iqtosod fanlari nomzodi, dotsent
FAKULTET DEKANI

   1997 yil "Taraqqiyot-97" Respublika talabalarni ko'rik tanlovini 2-o'rin sovrindori hamda 2004 yil "Iste'dod" jamg'armasini granti sovrindori bo'lib, Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay Unversitetida ATI yo'nalishi bo'yicha malaka oshirdi.
    2004 yil 14 iyulda "Ko'p ukladli iqtisodiyot sharoitida meva-sabzavotchilik majmuida kooperatsiyani takomillashtirishning tashkiliy iqtisodiy asoslari" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 20 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislarni xorij hamda respublikamizni nufuzli jurnal va halqaro ilmiy konferentsiya to'plamlarida chop etgan.
    U 2005 yildan buyon Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini lavozimida ishlaydi.

Jumaev Otabek Tolibovich
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
O'QUV ISHLARI BO'YICHA DEKAN MUOVINI

    2001 yilda Toshkent Moliya instituti kredit-iqtisod fakultetini "Bank ishi" yo'nalishi bo'yicha imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2003 yilda Toshkent Moliya instituti Magistratura bo'limini "Xalqaro kredit-valyuta munosabatlari" mutaxassisligi bo'yicha imtiyozli diplom bilan tugatib, 2003 yil sentyabr oyidan boshlab Toshkent Moliya instituti "Bank ishi" kafedrasida o'qituvchilik faoliyatini boshlagan.
    2003 yil dekabr oyidan boshlab kredit-iqtisod fakultetida dekan muovini bo'lib ishlamoqda. Shu bilan bir qatorda nomzodlik dissertasiyasi ustidan ish olib bormoqda.

Ortiqov Oybek Abdullaevich
"Bank ishi" kafedrasi o'qituvchisi
O'QUV ISHLARI BO'YICHA DEKAN MUOVINI
    1998 yilda Toshkent Moliya institutining "Moliya" yo'nalishini bitirib, 2002 yilda institutning "Soliqlar va sug'urta" kafedrasida aspirant sifatida o'z faoliyatini boshlagan. 2003-2004 yillarda "Moliya va kredit" kafedrasi assistenti, 2004-2007 yillarda "Moliyaviy menejment" kafedrasi katta o'qituvchisi lavozimlarida ishlagan.
    2007 yildan boshlab kredit-iqtisod fakultetida dekanning ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha muovini bo'lib ishlamoqda. Shu bilan bir qatorda nomzodlik dissertasiyasi ustidan ish olib bormoqda.

MANA'VIY-MA'RIFIY ISHLAR
BO'YICHA DEKAN MUOVINI
Botirov Azamat Axmedovich
KBI-5051.   2004-2008
Хостинг от uCoz