01.04.2008
Yangilik!!! Yaxshi niyat, yarim mol
Tez kunlarda Toshkent Moliya instituti Kredit iqtisod fakulteti "Bank ishi" yo'nalishi 2004-2008 yil talabalari, ya'ni Byudjet guruhi KBI-50 va KBI-51 guruhi haqidagi yangi sayt ish boshlaydi.
Bu saytda siz KBI-50 va KBI-51 guruhi talabalari haqida batafsil ma'lumotlar, 4 yil ichidagi qiziq voqealar, rasmlar va boshqa ko'plab qiziqarli ma'lumotlarni o'qishingiz mumkin, juda ham oz vaqt qoldi!
05.04.2008
Yangilik!!! Menda ham fikr bor edi...
Hozircha saytni ushbu ko'rinishda e'tiboringizga havola qilamiz. Agar saytga qo'shimcha o'zgartirish kiritish yoki shaxsiy fiklaringiz bo'lsa mehmonhonamizga yozib qoldiring va o'z hissangizni qo'shing!
11.04.2008
Yangilik!!! CHAT! CHAT! CHAT!
Bugundan boshlab saytimizda chat ham bor! Siz bu chatda bemalol do'stlaringiz bilan muloqat qilishingiz mukin. Ha aytgandek, chatga kirish uchun maxsus parol qo''yilgan, faqat KBI-5051 talabalari chatga kira oladi, parolni mandan olasila, parol tarqalib ketmasligiga ishonaman.
13.04.2008
Yangilik!!! Yangi loyihalar...
Tez kunda saytimizda "HAFTA QAHRAMONI" loyihasini ishga tushiramiz loyiha muallifi va boshlovchisi Madamin. Undan tashqari "QIZIQ VOQEA" loyihasini ishga tushiramiz loyiha muallifi va boshlovchisi Nigora.
15.04.2008
Yangilik!!! Talabalar sahifasi...
Bugun biz "Talabalar sahifasi"ni qo'ldan kelgancha ishga tushirdik. Bu yerda siz guruhimiz talabalari haqida batafsil ma'lumot va Anketaga berilgan javoblarni ko'rishingiz mumkin. Hurmatli talabalar ba'zi bir kamchiliklar uchun avvaldan uzr so'raymiz. Kimgadir o'zi rasmi yoqmagan yoki ba'zi bir kamchilikni payqasa bizga murojat qilsin. o'tamiz, qizlarning iltimosiga ular haqida to'liq ma'lumotni kiritmadik. Rasmi yo'q talabalar tezda bizga jo'natsin
16.04.2008
Yangilik!!! Davlat imtihonlari...
Va nihoyat...4 yil qanday o'tib ketganini ham bilmay qolibmiz. Hullas Davlat imtihonlarini ham boshlab yubordik.
21/04/2008 yil - Ijtimoiy Gumanitar fandan
24/04/2008 yil - Ingliz tili
21.04.2008
Yangilik!!! Birinchi Davlat imtihoni
Bugun barcha KBI-5051 guruh talabalari "O'zbekistonda Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" fanidan 1-davlat imtihonini topshirishdi. Ochig'i aytganimizda, o'zimiz ham qoyil qoldik, 3 soat ichida 1 ta daftarni to'ldirib orqa muqovasigacha yozib tashladik. Natijalar shunga yarasha, navbat 2-DAK "INGLISH".....
24.04.2008
Yangilik!!! 2-DAK...
I do'nt speak...yo'ge hazilashdim. Bugun biz Ingliz tili bo'yicha davlat imtihonlarini topshirib oldik. 4 kursda ingliz tilini o'qimaganligimiz uchun juda qiynaldik. Shunga qaramasdan bor kuchimiz bilan berilgan topshiqlarni bajarishga harakat qildik, ko'ramiz natijalar qanday bo'larkan
22.04.2008
Yangilik!!! Aloqa bank...
"28 aprel kuni "Aloqa bank" ATB dan vakillar kelib ishga taqsimot o'tkazislari rejalashtirilmoqda" deydi - biz bilan bo'lgan suhbatda hurmatli dekanimiz Bozorov Furqat aka. Furqat akani aytishlaricha Toshkent shaxrida doimiy ro'yhatdan o'tmagan bitirivchilarni ham Respublika Aloqa bankka ishga olisharkan, shuning uchun dushanba kuni ishga joylashib olish maqasadida bo'lgan kursdosslarizmi suhbatga kirishga taklif qilamiz. Ha, aytgandek uchrashuni "Axborot" va "Davr" dan ham suratga olib ketisharkan
25.04.2008
Yangilik!!! Elektron resurslar bazasi...
Uzoq harakatlardan so'ng saytimiz elektron kutubxonasiga hamma TMIning "Bank ishi" yo'nalishi bo'yicha o'qiyotgan barcha talabalar uchun kerakli kitob, o'quv qo'llanma, ma'ruzalar matnlarini joylashtirdik. Ochig'i aytsak bizdan keyingi kurslarga havasimiz kelyapti, bizda bunaqangi imkoniyatlar bo'lmagan. Tez kunlarda kutubhonamizga referatlar, slaydlar va boshqa ma'lumotlarni ham kiritamiz >>>>>> to'liq