(Umidning telefoni jiringlab qolib, gaplashib ketadi.)
Madamin Mamatov: Diplom ishi qanday ketayapti?
Guljamol Aminova: 2ta bobini tugatdim.
M.M: Zo'r-ku! Bo'lmasa intervyuga o'tamiz. Doimgidek suhbat boshida o'zinglar haqinglarda
G.A: Oilada uchinchi farzandman. Yoshlikda juda sho'h bo'lganman. Maktabda doim bachalarni urardim. Harakterim shunaqaki, tez achchig'im chiqadi, kim bilan urushgan bo'lsam ham man boshlaganman. Ko'pincha, o'g'il bachalar bilan o'ynardim. (Meni hayrat bilan qarab turishimni ko'rib kuladi.) Bachalar mandan qo'rqardilar.
M.M: Umidga ham qo'l ko'tarib turarmidingiz?
G.A: Umidga yo'o'q.
M.M: Oyoqchi?
G.A: (Kulib yuboradi) yo'g'e
Shu payt Umed telefonda gaplashib bo'lib joyiga o'tiradi.
M.M: Guljamol o'zi haqida gapirib berdi, endi seni navbating.
Umed Gafurov: (Juda uzoqdan boshlaydi) Javzo oyining qoq o'rtasida, soat ertalabki 5da tug'ilganman. Mani o'g'il bo'lib tug'ilganimga ishonishmagan. Dadamlar uch qizdan keyin o'g'il tug'ilganiga ishonmay, roddomdan olib kelishga ham bormaganlar. Bizni amakim olib kelgan (Qoyil, eslay olarkan). Dadam uyga ham kiritmaganlar. "O'g'il bo'lmasa kiritmayman" degan ekanlar.
M.M: Demak, kiritmagan ekanlarda?
U.G: (Gapimga e'tibor bermaydi) Keyin bilganlaridan keyin kiritganlar
M.M: Esinglarni tanigandan keyingi hayotinglar haqida nimalar deyishingiz mumkin?
G.A: Men ko'proq o'g'il bolalar bilan o'ynardim.
U.G: (Guljamolni gapi tugashini ham kutmasdan) Doim qizlar bilan o'ynardim. Kafel, chekanka o'ynardik. (Bu o'yinlarni eshitmaganman. Kimdir o'rganmoqchi bo'lsa Umedga murojaat qilsin).
G.A: Chokni ayt, yana skakalkada ham sakragansan.
U.G: Skakalkada sakrash ham o'ynardim. Bu o'yinlarda qizlarni ko'p yutganman.
M.M: ("Sizchi?" deganday Guljamolga qaradim)
U.G: Guljamol insitutga kelib 180 gradusga o'zgardi (Gap harorat haqida emas, yo'nalish haqida ketayapti).
G.A: Ha, hozir uydamasmanda. Uyda boshqacha edim, ko'proq bachalar bilan o'ynardim.
U.G: Maktabda man ko'pincha qiz obrazini ijro etardim. "Kelinlar qo'zg'aloni", "Kelin-kuyov" ni qo'yganmiz. Men kelin bo'lib chiqqanman. Kuyovni oyoq'ini bosib olganman.
M.M: Kuyov bola bilan hali ham ko'rishib turasizlarmi?
U.G: Ha. (Do'stini ismini aytdi) bilan ko'rishib turamiz (Men yozib omaganidim, o'rtog'ini oti esimdan chiqib qoldi)
M.M: Faqat qizlar bilan o'ynaganmisan?
U.G: Yo'q, futbolni yaxhi o'ynardim. Sinfda birinchi edim.
G.A: Hozirgi kursdoshlardan Zafar bilan Lolani ham oldindan tanir edik. Ular ham bizga yaqin maktabda o'qishgan.
U.G: Biz institutga tayyorlanishda tanishganmiz. Zafar fotograf edimi, shunaqa
M.M: Nimaga Moliyani tanlagansizlar?
G.A: Bilmadim. Moliya mening 2-variantim edi. Birinchisi Ichki Ishlar Akademiyasi edi.
U.G: Hohlaganman.
M.M: O'qishga kirmasanglar kim bo'lardinglar?
G.A: Ikkinchi yil kirardim
U.G: Shofer bo'lardim, balki. "Damas" haydardim
Umed yana telefonda gaplashishga kirishib ketadi
M.M: Institutga har doim 1-bo'lib kelardingiz-a adashmasam?
G.A: Ha, institutga qarovul bo'laydim.
M.M: 4 yil ichida nechta joyda yashashga ulgurdinglar?
G.A: Man ikki joyda
U.G: uch joyda yashadim jami
M.M: Institutda qaysi kitobni boshdan oyoq o'qib chiqqansizlar?
G.A: PKB, Audit (Bank auditi, menimcha)
M.M: Buxoro shevasida biror gap aytinglarchi? Yaxshisi, bir-biringlar bilan sof buxorocha gaplashinglarchi bir?
G.A: E-ee. Aramizdan bitta Umed jo'gicha gapira biladi.
U.G: Nag'zimi shumo deg'eno, chir koro karda gashtet, bisyor gap namezanaam. Yoratan xudo!
(Bu gaplarni yozib berdi, keyin o'ziga tarjima qildirib oldim - hech qanday yomon gap aytmabdi)
M.M: Buxoroda urf-odatlar qanaqa?
G.A: To'y kelinni uyida bo'ladi (Ikkilalari buni rosa tushuntirishdi, haqiqatdan ham qiziq odat ekan)
U.G: Keyin yana sizlarda yo'q bo'lsa kerak: Kuyov kelinnikiga kelayotganda o'rtoqlari uning tepasida olov ko'tarib kelishadi. Boshiga esa non qo'yib kelishadi.
M.M: Antiqa odatlar ekan. Yaxshi latifa yoki qiziq voqealardan bo'lsa aytib beringlar.
U.G: (Bir nechta aytadi, kelishib mana bunisini kiritdik) Tulki bilan bo'g'irsoq urishadigan bo'lishibdi. "Mayli men tayyorman faqat boshga urish yo'q" debdi bo'g'irsoq.
(Guljamolga) San haligi qazoq bachani urganingni aytib ber.
G.A: (Eslab ancha vaqt kuladi, keyin o'ziga kelib bechora qozoq bolani qanday do'pposlaganini tasvirlab beradi). Bitta bacha bor edi. Sochi uzun edi. Yugurib ketayotganda sochidan ushlab, mana bunday qilib urganman (ko'rsatib beradi)
M.M: Xobbinglar nima?
U.G: Futbol ko'rish, o'ynash.
G.A: Stol tennisi
M.M: O'tgan safar Kamol 5ta, Asror 3ta farzand ko'rishni hohlashlarini aytishgan edi. Sizlarda, nasib bo'lsa niyatlar qanaqa?
U.G: 2ta o'g'il bitta qiz. (Bu orada yana telefoni jiringlaydi)
G.A: Man bittadan o'g'il va qizim bo'lishini
M.M: Bu qachon bo'lishi kutilyapti?
G.A: 2 yildan keyin, nasib bo'lsa. (qog'ozga 1-2 yildan keyin deb yoza boshlaganimni ko'rib) yo'q, bir-ikki yil emas, ikki yildan keyin.
M.M: Ungacha rajalar qanaqa?
G.A: Ishga kirib ishlaylik oldin
M.M: Qaysi bank?
G.A: O'zimizda, SQB
Umed telefonda gaplashib bo'ladi
U.G: Manda bor (Oldinga savolga javob berayapti, ya'ni bo'lajak farzandlarining onasi haqida gapiryapti). Faqat manda 3 yildan keyin. O'shanda u 7 kurs bo'ladi.
M.M: TashMI da o'qiydimi?
U.G: BuxMI da o'qiydi. Yoshi mandan bir yosh kichik.
G.A: Ha, Umedda bor. Faqat roziligini osa bo'ldi.
U.G: (Telefoni 4-marta jiringlaydi, Bu safar BuxMIdan shekilli). Man ketishim kerak. Yana suhbatni mensimay ketib qoldi deb yozmagin. (Ketadi)
M.M: Aytgancha CAT bilan tabriklayman.
G.A: Rahmat.
M.M: Qanaqa ovqatlar pishira olasiz?
G.A: Hammasini, hamir ovqat ham, osh ham.
M.M: Sizga qaysi o'qituvchi yoqqan?
G.A: Norqobilov, keyin 2-kursda Ehtimollar nazariyasidan o'tgan Bekmurodova ham juda yoqardi.
M.M: Magistraturada o'qiysizmi?
G.A: Yo'q, o'qisam ham shu yilmas.
M.M: Qanaqa muzikalar eshitasiz? Seriallar ko'rasizmi?
G.A: Biror kishini fanatiman deya olmayman. Yaxshi muzikalarni eshitaveraman, asosan klassik muzikalar, seriallardan koreys seriallariga qiziqaman.
(Umed koreys seriallarini ko'radimi-yo'qmi bilmadimu, lekin "Prison break" ka qiziqadi,)