KBI-5051.   2004-2008
Bosh sahifa
TMI
KIF
Kutubxona
Domlalar
Talabalar
Diplom ishlar
Mehmonxona
Rasmlar
Mualliflar

CHAT
Bu juda qiziq
Muallifdan:

  O'qishni bitirganimizdan keyin hammamiz turli joylarga tarqalib ketdik, shu bois saytimizda ko'zga ko'rinarli yanglik ham bo'lmadi, hafta qahramoni sahifasi esa to'xtab qoldi. O'ylashimcha, barcha kursdoshlarimiz ishlaydiganlar bankka, magistraturadagilar o'qishga kirishib hammasi ancha joy-joyiga tushib qoldi.
   Ushbu haftada biz qahramon sifatida Malikov Sanjarni tanladik. Uni tanlashimizga sabab bo'lgan bir necha omillarni keltirib o'tishim mumkin. Birinchidan, so'nggi paytlarda internetda juda ko'p o'tiribdi, u bilan bog'lanish oson bo'ldi. Ikkinchidan, yaqinda uning ingliz tilida gaplashishi mani hayratda qoldirdi, o'z ustida qattiq ishlabdi, mashallah. Uchinchidan, uni ko'pchilik koreys kinoseriallardagi oshiq yigitlarga o'xshatadi. Darhaqiqat ham shunday, rasmlariga qarab o'zingiz ham bilib olgandirsiz. To'rtinchidan, saytimizga tashrif buyurib turgan bizdan keyingi kichik kursda o'qiydigan qizlar u haqida ko'proq bilishni hohlashib pochtamizga hat yozishdi va boshqa   omillar......
   E'tiboringizni bir narsaga qaratib o'taman, suhbatimiz aynan Laylat'ul qadr kechasida bo'lib o'tdi. Bugun kuni bilan kun qiziq o'tdi saytda ne yangilik ekan deb kirsam Sherzod aka va Nigora post qoldiribdi. Keyinchalik Doniyor ham paydo bo'lib qoldi, sal oldinroq Tangmatov ham shu yerda edi. IShqilib tun ajoyib o'tayotgan bir paytda suhbat qildik. Demak...intervyuni boshladik
Exclusive Intervyu
Malikov Sanjar
"Hayol surmang hayollar yomon"
"Manimcha bitta chiroyli qizga ko'zi tushib qoldi shu lahzada"
"Davraga tushgan go'zal,
U yonga tashlab o'yna, bu yonga tashlab o'yna"
"Yoshligimda rasmga modelyerlikka qiziqardim, lekin katta bo'lgacha bankir bo'lish niyati paydo bo'lib qoldi"
"Bo'sh vaqtimni asosan internetda o'tkazaman"

Elyor: Aziz kursdoshlar, bugungi "Hafta qahramoni" sahifasi qahramoni Koreys kinofilmlaridagi oshiq yigitlarga o'xshaydigan, ajoyib va ochiqko'ngil yigit, Malikov Sanjar bo'ladi.

Elyor: O'zingni tanishtir
Sanjar: Malikov Sanjar Baxodirovich.

Elyor: O'qish qanday bo'ldi (Bakalavrni nazarda tutayapman)
Sanjar: Ko'ngildagidek!O'ziga yarasha qiyinchiliklari xam bo'ldi.

Elyor: "Qiyinchiliklar" deganda nimani nazarda tutding
Sanjar: Sessiya davrini va domlalar bn kelisholmay qogan vaqtlarni!

Elyor: Kursdoshlarni sog'inayapsanmi? Ichingdan qanday hislar o'tmoqda?
Sanjar: Axa,albatta!!! Studentlik davrimizni qumsab turaman.Xaqiqatdanam "Oltin davr" edi!

Elyor: Kursdoshlar bilishi uchun hozirgi ishlaring haqida yoz? Qayerdasan nimalar bilan bandsan?
Sanjar: Hozirda chet elga magistraturaga borishga tayyorgarlik qilib yuribman(qaysigaligini kn etaman).Toshkentdaman!

Elyor: Bekzodni aytishicha qanaqadir "sirli biznes" bilan shug'ullanayotgan emishsan
Sanjar: Ke shu sirli biznes sirligicha qolsin!!!

Elyor: Ko'pchilikni baxs-munozarasiga sabab bo'lgan savolni bermoqchiman, haliyam qiziquvchilar bor? Shu paytgacha nechta qizni sevgansan? Yurgansan? Aldagansan?        
Sanjar: Bilasanmi Elyor, haqiqiy sevgi odamga bir marotaba beriladi deganlari rostakan! Qizla bn yurish,ularni aldash man uchun emas!Yoshlikdagi sevdim deganlaring faqatgina hoyu-havasakan!Rostakam sevganindagina muhabbat nimaligini bilarkansan! Sevgi-muhabbat ikki tomonlama bo'lgandagina totli bo'ladi!!!

Elyor: Nima deb o'yliysan, san hozir sevib qolgan ikkinchi tomon ham sevadimi sani?
Sanjar: Albattade!man bunga ishonaman!

Elyor: Sevgi muhabbatga ishonasanmi? Nega?
Sanjar: Ha,albatta!buni yuqorida bergan javobimdan ham bilgandirsan. Nega degan savolinga keladigan bo'lsak: chunki Hayot SEVGI-MUHABBAT  ila go'zal va mazmunlidir!!!

Elyor: Hozir kimnidir sevasanmi?
Sanjar: Ha sevaman!!! U bn hayotimning oxirigacha birga bo'lmoqchiman va buning uchun qo'limdan kelgan barcha xarakatni qilaman!

Elyor: Birinchi muhabbating haqida nimalar deya olasan?
Sanjar: Bu savolga yuqorida bergan javoblarim yetarli deb o'yliman!

Elyor: Sevgi haqida gapirib qoldik, mayli mavzuni o'zgartiramiz. Bolaliging haqida gapirib berchi?
Sanjar: Bolaligim asosan oila davrasida o'tgan. Buvam va buvimlani tarbiyalari ostida o'sib - ulg'aydim! Sho'x bola bo'lmaganman! Yoshligimda futbol uynashga rosa qiziqardim(xoziram undan kamamas). O'zimdan 4-5 yosh katta bolla bn futbol uynashga borardim. Kn yana 4 yilcha tennis bn shug'ullanganman.Tennis uynashni ham juda yoqtiraman!  Shuningdek, kitob o'qishga rosa qiziqardim:dastlab o'zbek adabiyotini, knchalik esa chet el adabiyotlarini qiziqib o'qirdim. Afsuski bu qiziqish instga kirgandan kn bir oz susaydi! Bolaligim xaqida qisqacha shu edi

Elyor: Oilang haqida bilish ko'pchilik uchun qiziq bo'lsa kerak?
Sanjar: Oilada 8 kishimiz. Buvam,buvim,otam,onam, 2ta singlim,ukam va o'zim! Oilada katta farzandman.

Elyor: Bolaligingda eng esda qolarli qiziq voqealardan birini aytchi?
Sanjar: Qiziqarli voqealar ko'p bo'lgan,lekin ularni xoz gapirib bersam qiziq voqeaga ox'shamiy qoladi. Chunki bu voqealar o'sha vaqtdagi holati bn qiziq. Shunchun gapirib berishim shartmas deb uyliman va hammadan uzr so'riyman!

Elyor: Mana 4 yil o'qib chiqding, qo'lingda (aniqro'gi arxivda) Bankir degan diploming bor, afsuslanmayapsanmi?
Sanjar:   Yuq afsuslanmiman! Bu diplomga yetolmaganlar qancha axir! Faqatgina arxivda qolgani xafa qiladide gohida!!!

Elyor: Hozirgi kunda kursdoshlardan kimlar bilan gaplashib turibsanu, kimlarni o'qishni tugatgach umuman gaplashmading?
Sanjar:   Bahodir,2 ta Begzod,Akmal,Sanjar,Doni,Jamshid,Zafar,Ramz,Lochin,Zamira va albatta, san bn gaplashib turaman! Qolganlar esa.

Elyor: "Qolganlar".... haqida nima diydan, ularga aytadigan so'zlaring bordir albatta?
Sanjar:   Qolganlar esa yuqolib ketdi.... Ularni xech bo'lmaganda saytimizga kirib turishlarini xoxlardim.ularning hayotida qanaqa o'zgarishlar bo'layotganini yozib turishsa yaxshi bo'lardi!

Elyor: Institutda san uchun eng qiziq voqea qaysi bo'lgan?
Sanjar: Navro'z bayrami ajoyib bo'lgan edi!!!

Elyor: Adashmasam, o'qishni bitirganingdan keyin sanga bir nechta banklardan taklif tushdi, barchasini rad etgan ko'rinasan, nega bankda ishlamayapsan?
Sanjar:   Xozircha bankda ishlash niyatim yuq! Yuqorida aytilgan "sirli biznes"imni yulga quymoqchiman va magistratura deganlaride

Elyor: Kelgusi rejalaring qanaqa?
Sanjar:   Avvalo, Xudo xoxlasa chet elga chiqib magistraturani o'qib kelmoqchiman! Kn oila qurish.! Qolgani esa birin-ketin bo'ladi!!!

Elyor: Inshaalloh, amalga oshishi Allohdan so'rab qolamiz.
Sanjar:   Olloh hammamizni OMADimizni bersin!!!

Elyor: Eng ohirgi o'qigan kitobing va ko'rgan kino qaysi? Ular haqida nima deya olasan?
Sanjar:   Eng oxirgi o'qishga majbur bo'lgan kitobim, bu bank ishiga bog'liq bo'lgan kitob.Diplom uchun kere bo'gandi.Zerikarli kitob edi! Oxirgi ko'rgan kinolarimdan biri bu "Xenkok": unchali qizg'amas,lekin ko'rsa bo'ladi!

Elyor: Bo'sh vaqtingda nimalar qilasan? Umuman nimalarga qiziqasan?
Sanjar: Qiziqishlarim judayam ko'p! lekin xozir ko'p vaqtimni  netga sarflayapman,albatta muhim ishlarimdan bo'shagandan so'ng!

Elyor: So'nggi bir yil ichida erishgan yutuqlaring ichida eng zo'ri?
Sanjar:   Chet el universitetlaridan biriga qabul qilinganim! (Yana bitta muhim yutug'im bor,bu shaxsiy hayotim bn bog'liq.lekin buni oshkor qilolmiyman.bu sir)

Elyor: Manimcha bu siringni yuqorida aytib o'tding, ko'pchilik tushungandir, albatta. Buni so'rab o'tirmiyman.
Elyor: Ro'za tutyapsanmi? Tutayotgan bo'lsang qiynalmayapsanmi? Tutmayotgan bo'lsang nega tutmading?
Sanjar:   Ha,albatta!Ro'za tutyapman!bir kuniniyam qoldirganim yuq Xudoga shukur! Deyarli qiynalganim yuq!

Elyor: Alloh tutayotgan ro'zalarimizni qabul qilib, kunlarimizni hayrli, tunlarimizni osuda etsin. Suhbatimizni shu yerda to'xtatsak. Yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti arafasida, kursdoshlarimizga, umuman barcha musulmonlarga bildiradigan tilaklaring bo'lsa kerak
Sanjar: Avvalo mani mana shu sahifaga loyiq topganiz uchun siz sayt adminlariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman va kelajakdagi ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman! Yaqinlashib qolgan Ramazon hayiti bn barcha yurtdoshlarni va butun musulmon ahlini chin dildan tabrikliman! Shunaqangi Ramazon oylarining ko'pini ko'rishlikni Ollohni o'zi nasib aylasin!!! Barchaga sog'lik-salomatlik,ishlariga rivoj va baxt-saodat tilab qolaman! Olloh barchamizni o'z panohida asrasin va ikki dunyo saodatini  nasib qilsin!!!

Elyor: Vaqtingni ayamasdan savollarimizga javob berganing uchun tashakkur izhor qilamiz.


"Hafta Qahramoni" sahifasi uchun, maxsus tayyorlandi. Toshkent - Kuala Lumpur. 27/09/2008
PS: Intervyuni olishda Mail.ru Agent dasturidan foydalandik

Sevgi-muhabbat ikki tomonlama bo'lgandagina totli bo'ladi!!!
Navro'z bayrami ajoyib bo'lgan edi!!!
Xozircha bankda ishlash niyatim yuq!
Хостинг от uCoz