Madamin Mamatov: Savollarni oilangdan boshlay qolaylik, oilang haqida gapirib ber.
Sherzod Ismoilov: Oilada uch farzandmiz - akam, men va singlim, ota-onam o'qituvchi. Qisqacha shu.
M.M: Ota-onam deding, Xorazmda otani (dadani) aka deyishadimi?
Sh.I: Ha, men ham shunday deyman.
M.M: Kattalar "otangga rahmat" deyish o'rniga "akangga rahmat" deyishadimi?
Sh.I: Yo'g'e, maqollar, shunga o'hshagan gaplarni tarjima qilinmaydi.
M.M: Maktab davrini eslay olasanmi?
Sh.I: 7-sinfgacha sinfkom bo'lganman, keyin 2-yil boshqa maktabda o'qidim. 9-sinfni bitirib Urganch qurilish kolleji menejment yo'nalishi bo'yicha o'qishga kirganman. Keyin armiyaga ketganman. Surxondaryoda umumqo'shinda hizmat qilib, undan Toshkentga kelib hizmatni davom ettirdim.
M.M: Armiyada biror esingda qoladigan voqea bo'lsa aytib ber.
Sh.I: (o'ylanib turadi) Bo'gan, lekin aytib o'tirishni keragi yo'q (Armiyaga yangi borganda bo'lgan bo'lsa kerak...Qisqasi duhlik vaqtini aytishga uyaldi). Ha, yana institutga kirishimga imtiyoz berishgan.
M.M: Institutga 246 ball bilan kirganding. 45 ball bizga ma'lum - imtiyoz sifatida qo'shib berilgan. Qolgan 241 ballning manbai nima?
Sh.I: O'qish-da, (kuladi) o'zimni kuchim bilan to'plaganman
M.M: Ingliz tilidan 36 ta testni ham to'g'ri topgan ekansan. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun abiturientlar nimalarga ko'proq e'tibor berishlari kerak?
Sh.I: Men armiyadan kelib 7 oy repititorga borib shug'ullanganman. Test yechayotganda ingliz tilini zo'r ja zo'rmasu, yaxshi bilardim.
M.M: Keyin sentyabrgacha esingdan chiqib ketgan!?
Sh.I: E-e, san (birpas ponyatka beradi, baribir abiturientlarga maslahat berishdan o'zini olib qochdi, taktikasini o'rgatgisi kemadi, shekilli).
M.M: Agar starosta bo'lmaganingda o'qishing qanday davom etardi?
Sh.I: Hozirgidan o'n barobar (!) yaxshi bo'lardi (Unchalik katta o'zgarish bo'lmas ekan). Hozir starostaman uyoqqa yugur, buyoqqa yugur.
M.M: Qaysi kurs eng ko'p esda qolarli bo'lgan?
Sh.I: 1-kurs. Birinchi kursda hamma bilan urishib, yana yarashib, yaqin bo'lib ketganmiz.
M.M: Stipendiya tarqatishdan biror marta foyda bilan chiqqanmisan?
Sh.I: Yo'q, lekin zarar bilan chiqqanman.
M.M: Qachon?
Sh.I: Kimnidir stipendiyasini yo'qotib qo'yganda.
M.M: Guruh uchun qilgan ishlaringning qaysi biridan eng ko'p faxrlanasan?
Sh.I: (birpas o'ylab) biror narsa deb yozib qo'yaver.
M.M: Suhbat qiziq chiqishi uchun biror latifa aytib bera olasanmi?
Sh.I: Hmm Ha, bir kuni (Aytib beradi, lekin bu uzundan uzoq latifada men yumor ko'rmaganim uchun to'liq holda bermaslikka qaror qildim).
M.M: Qaysi fanlardan o'z kuchim bilan baho olganman deb hisoblaysan?
Sh.I: Statistika, Tahlil.
M.M: Guruhni boshqarganing foyda berib, keyinchalik bank boshqaruvchisi bo'lsang guruhdan kimlarni ishga olarding?
Sh.I: Seni, Elyor, Doniyor, umuman hamma yaxshi o'qiydiganlarni. Ishonchli bo'sa bo'ldida. Savollar tugadimi? Meni pastda kutishayapti.
M.M: Mayli, tezlashtiramiz. To'ying shu yozdami yana?
Sh.I: E-e, bu yozdamas, uylanishdan ham sovib ketdim. (Chunki har yili uylanyapman deb ketardida, bir bahona qilib to'yni qoldirishdi derdi)
M.M: O'qishni bitirganingdan keyingi rejalaring qanday?
Sh.I: Toshkentda qolib , Ipoteka bankka ishga kirmoqchiman. Keyin sekin yana o'ylab ko'ramiz