Hasratimsan,
Nafratimsan
Hamda ezgu armonim.
Baxtimsanu
Quvonchimsan
Or nomusin vijdonim.
Hayotimsan,Burda nonim,ham quyoshim kuzda nur
Ogir kunda yupanch bergan
Tankam senga tashakkur!!!
***
Domla bilan talaba
1-binoga borar edi.
Nogoh bir it akillab
Yurakni yorar edi.
Domla dedi : eh attang
Qarzmiding itdan ham
Seni ta'qibga olib,
Qistamoqda ushbu dam?
Student dedi: nochorman
Kulmasangiz ne bular,
Itdan bilmadimkuya,
Lek, sizdan qarzim yetar+
***
Jilva qildi yana bahor,
Kuylar erib toglarda qor.
Senga talabalar zor,
Ayt,diplomjon, qaylardasan?
Dekanatning oldida ham,
Kafedra eshigida ham,
Talabalar- kuzlarda nam,
Ayt,diplomjon , qaylardasan?
saytimiz mehmonlariga yangi tuhfa
Shovullaydi domla hamon,
Zamdekan ham tortar kamon,
Yutar kutib,talaba,qon
Ayt , diplomjon, qaylardasan?
Sensiz bugun ishim g'arib
Yurmay yana non axtarib,
Talaba ham qoldi qarib,
Ayt, diplomjon, qaylardasan?
***
Ajabo +
Na rashkdan asar bor,
Na ishqdan maktub.
Hayotga daxlsiz
Odamday mutloq,
Bezrayib turibman
Dekanatda yolgiz.
Holimga achingan birorta zot yo'q
Yo qalbim tubida parpiragan nur.
Sukunat bagriga
Ignalar sanchib
Dekanjon betinim qulin silkitur+