Muallifdan...
Saytimizda yangi "Hafta qahramoni" sahifasini ochganimizdan so'ng, vebmasterlar joriy haftaning qahramoni sifatida kaminani tanlashibdi. 1-qahramon bo'lish albatta yaxshi, ammo ushbu sahifani olib borish ham o'zimga yuklangani uchun 1- mehmon ham o'zim bo'lishim unchalik ma'qul ish bo'lib ko'rinmayapti. Boshlovchi sifatida men har bir haftada boshqalarga nisbatan ahamyatliroq ishi bilan iz qoldirgan kursdoshimizni mehmon qilib tanlamoqchiman. Shunday qilib, o'zimni birinchi "ramziy" mehmon sifatida qoldirib, ilk tajriba sifatida KBI-50 guruhining mutloq sardori Sherzoddan interv'yu olishga qaror qildim. Harqalay, buyuk sardorimiz qurolli kuchlarda kuchli qurollar bilan hizmat qilib, keyin 246 ball bilan (ha-ha, 246 ball, 24.6 emas) institutdan mustahkam joy olgan. Undan tashqari milliy an'analarga ko'ra, biror ishni yoshi ulug'roqdan boshash maqsadga muvofiq. Xorazmshoh bu yil 24-bahorini va 25-kuzini nishonlaydi. Ko'rib turganingizdek. Statistika sardorimizni boshqalardan raqamlar bo'yicha ancha ilgarilab ketganini ko'rsatyapti. Shuningdek, shu kunlarda stipendiyalar tarqatilayotgani sabab, starostani hafta qahramoni sifatida tanlasak hech kim e'tiroz bildirmasa kerak (Boshqa payt uni qahramon sifatida ko'rish ham mushkul).
Interv'yu olish uchun Sherzodning oldiga borganimizda u stipendiya tarqatish bilan juda band edi. Shuning uchun hamma savollarni berishning iloji bo'lmadi. Shunga qaramay ba'zi savollarga atroflicha javob qaytardi:
Raupov Aziz: Sherzod pachkani ichidan 1 ta 1000 so'mlik kam chiqdiku...
Sherzod: Man qayerdan bilay, kassadan hozir oldimku o'zi
Ilhom: Domla, kechirasiz. Yana bir marta qaytarib yuboring, nima dediz
Sherzod: Ey, dars ohirida so'raysan, jim o'tirgin. Davom etavering domla
Kamtar do'stimiz savollarga o'ziga xos javob qaytardi. Biz ham javoblarni aslidagidek qilib yoritishga harakat qildik. To'g'ri birinchi safarga unchalik chiqmagan bo'lishi mumkin. Agar sahifa bo'yicha fikr mulohazalaringiz bo'lsa saytimiz mehmonxonasiga yoki mmadamin@gmail.com pochtasiga murojaat qilishingizni so'raymiz. E'tiboringiz uchun rahmat!