KBI-5051.   2004-2008
Bosh sahifa
Kutubxona
Domlalar
KIF
TMI
HAFTA QAHRAMONI
sahifasi
saytimiz mehmonlariga
yangi tuhfa

Boshlovchi
M. MAMATOV

Talabalar
Diplom ishlar
Mehmonxona
Rasmlar
Mualliflar
Bu juda qiziq
Chat
Muallifdan...
          Anchadan beri hafta qahramoni safihasi tayyorlanmayotgani uchun bugun ertalab (shanba, 17.05) institutga borib, sahifa uchun biror kishidan suhbat olmoqchi bo'ldim. Oldiniga Ilhom uchradi, lekin niyatimni eshitib, xuddi videokamera bilan orqasidan quvlayotgandek, o'zini chetga ola boshladi. Aytishicha, alohida tayyorlab kelib, 1 haftalardan keyin intervyu berar ekan. Keyin, Davronni ko'rib qoldim, bola bechora hisobotni muqovasini tayyorlash tashvishi bilan yurgan ekan. Biroq, u ham suhbatga qimmatli vaqtini ayadi: "Og'aynijon, shoshopman" . Ish yurishmagach, endi ketmoqchi edim, Ilhom bir chetda o'tirgan Sherzod (Suyunov) dan intervyu olishni maslahat berib qoldi. Ammo, diplom ishi bilan band bo'lgan do'stimiz taklifimizga e'tibor ham qilmadi.  Bunday vaziyatda, sahifani kim uchun tayyorlayotganingni ham bilmay qolasan, albatta. G'arbdagi har bir maqolasiga ka-a-atta pul oluvchi jurnalistlar ham intervyu olishda bunaqa qiynalishmasa kerak.  Taqdirga tan berib, oshxonaga ovqatlanishga kirganimda ishlar 180 darajaga o'zgarib, yurishib ketdi. Bekorga mashoyihlar "Avval taom, ba'daz kalom" deyishmagan ekan. Zafardan stipendiya qa'bul qilayotgan Umed (Ha, Gafurovning ismi shunday) bilan Guljamol birdaniga sayt haqida gapirib suhbat olishga rozi bo'lishdi. Ovqat vaqtida aniqlashimcha oldingi suhbatda Kamol aytgandek, ular aka-singil emas, sinfdosh ekan. Men shaxsan bundan bexabar edim. Birinchi marta sahifada qizlardan qahramon tanlanayotgani ham men uchun yangilik edi. Ammo, intervyu vaqtida biz bilgan kamgap Guljamolning umuman kutilmagan xarakteri ham borligini ko'rib ancha hayratda qoldim. Suhbat vaqtida u ko'zimga xuddi "Terminator 3" filmidagi terminator ayol bo'lib ko'rinib ketdi. Umedning ham tarixi menga ancha qiziq tuyuldi. Uning intermediyalarda o'ynashda tajribasi borligini bilganimizda KVN da rol berarmidik balki. Shunga o'hshash ochilmagan qirralarini namoyish etish uchun bugungi qahramonlarni savolga tuta boshladim. Aytib o'tishim kerakki, savollar o'qishga deyarli taalluqli bo'lmadi. Guljamol bilan suhbatning o'qishga aloqasi bo'lmasligi ham notabiiy hol deb baholash mumkin.
   Bugungi qahramonlar bilan uyushtirilgan suhbat o'zimga yoqdi. To'g'ri, uning ba'zi joylarini tsenzuradan o'tkazib, qirqib tashladim, lekin umid qilamanki, intervyu o'qiydiganlarga ma'qul bo'ladi. Agar haqiqatdan ham shunday bo'lsa yoki sahifa bo'yicha maslahatlar, shikoyatlar yoki tanqidlar bo'lsa, mehmonhonaga yoki pochtamga (mmadamin@gmail.com) yozishingiz mumkin. E'tiboringiz va sarflagan vaqtingiz uchun tashakkur!!!
Hafta qahramoni
AMINOVA GULJAMOL va GOFUROV UMED
To'liq intervyu...

Jonajon kutubhonamiz...
To'liq intervyu...
Хостинг от uCoz